35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Imon otada yo‘l va infratuzilma yangilanmoqda

Imon otada yo‘l va infratuzilma yangilanmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G'.Murodxo`jayev boshchiligida Imon ota mahallasida turizmni rivojlantirish, aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil davomida 1 va 2-drayverlar doirasida 21,6 km, Jahon banki loyihasi asosida 8,431 km, «Tashabbusli byudjet» loyihasi doirasida esa 4,216 km yo‘lga asfalt yotqizildi.

Shuningdek, hududda sel xavfini kamaytirish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2 ta maxsus galereya-ko‘prik barpo etildi.

Bu ishlar Imon ota mahallasining infratuzilmasini yaxshilash, sayyohlar uchun qulayliklarni oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6