Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda tuman Kengashi deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi masalasi yuzasidan hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.
🔎 Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan Mang‘itobod mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🤝 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar hamda ularni hal etishda “mahalla yettiligi” va deputat o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan dasturlar ijrosi, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha mavjud ishlar tahlil qilindi.