👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Quranbayevna tomonidan aholi murojaatlari uyma-uy yurish orqali o‘rganilmoqda.
📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari Asavey mahallasida kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich bilan hamkorlikda olib borildi.
💬 O‘rganish davomida fuqarolarning bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish bo‘yicha murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
📌 Har bir murojaat — e’tiborda, har bir fuqaro — e’tiborda!