35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Sultonov Bahodir Turg‘unovich tomonidan 1-Katta Chilonzor mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilishi hamda murojaatlarning qonuniy hal etilishi nazoratga olinishi belgilandi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3