35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish Pastdarg‘om tumani “Kelajak” markazi faoliyati misolida amalga oshirildi.

Jarayon davomida markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim va to‘garaklar faoliyati, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2