Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Normetova Sabura tashabbusi bilan “Hasanboy”mahallasi hududida obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlari olib borildi.
🔠O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi ayrim joylarda qurib qolgan o‘t-o‘lanlar va begona o‘simliklar tartibsiz holatga kelgani aniqlanib, ularni o‘rib, hududni tozalash ishlari tashkil etildi.
🌱Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududning umumiy ko‘rinishi yaxshilanib, yashash muhiti yanada ozoda va tartibli holatga keltirildi. Shuningdek, mahalla hududida sanitariya va obodonlashtirish talablariga rioya etish, yashil maydonlarni asrab-avaylash hamda atrof-muhitni toza saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌿Obod va ozoda mahalla — aholi farovonligi va qulay yashash muhitining muhim omilidir. Bunday ishlar hududlarda tozalik va obodonlikni ta’minlash yo‘nalishida izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!