Oliy majlis qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 35 yiligiga bag‘ishlab “Mamlaktimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlament roli” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya davomida olimlar va taqiqotchilar tomonidan ekologik qonunchilikni tizimlashtirish, atrof-muxit monitoringi, chiqindilarni boshqarish, atmosfera xavosini muhofaza qilish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga oid qonunchilikni yanada rivojlantirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar bildirildi.
Konferensiyada Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zolari Shuxrat Fayziyev va Irina Matkarimova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani partiya tashkiloti raisi Aziz Sattorov xam faol ishtirok etib, o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirdilar.