35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Dolzarb 90 kunlik doirasida 47-maktab faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan Dolzarb 90 kunlik doirasida Andijon shahridagi 47-sonli umumta'lim maktabiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida maktab direktori bilan uchrashuv o‘tkazilib, yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, sinf xonalari, maktab hududini obodonlashtirish, sanitariya-tozalik holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, maktabda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish maqsadida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta'lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4