Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Otabek Usmonov o‘z saylov okrugidagi “Qoraqo‘rg‘on” MFYda bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Deputat tomonidan hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.