Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Keneges” OFY 4-Keneges saylov okrugi hududida ko‘chaboshilar va fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammolarni o‘rganmoqda.
📍 O‘rganish ishlari Sharq yulduzi ko‘chasidan boshlandi.
🤝 Muloqot davomida fuqarolarni “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasidagi ishlarga faol jalb etish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini hamjihatlikda tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
🚧 Shuningdek, ko‘chaboshilar tomonidan “Keneges” kanali bo‘yidan Sharq yulduzi ko‘chasigacha bo‘lgan ichki yo‘llarni chig‘anoqtosh (Ракушка) bilan to‘ldirish va tekislash masalasi ko‘tarildi.
📋 Bildirilgan taklif va murojaatlar deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.
📌 Aniqlangan masalalarni atroflicha o‘rganish, ularning amaliy yechimi bo‘yicha tegishli choralarni belgilash hamda ijrosini nazorat qilish yuzasidan ishlar davom ettiriladi.