35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonuni ijrosini o'rganish maqsadida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova tomonidan hududda savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularning sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar va shart-sharoitlarni aniqlash, profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik ishlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning qonun talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tegishli tartibda umumlashtirilib, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Slide 1 of 2