35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

HUDUDDA HOKIM YORDAMCHISI VA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

Tuman Kengashi deputati G.Maxsudova tomonidan hududda aholi bilan bevosita ishlovchi mas’ullar — hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining hududdagi aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirayotgan ishlari tahlil qilindi.

Shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlarini tushuntirish, kasb-hunarga o‘qitish va fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2