35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Ishchanov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni (OʻRQ-630-son) ijrosini taʼminlash hamda hududlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida navbatdagi oʻrganish oʻtkazildi.

👥 Deputat Beshchikir MFYda faoliyat olib borayotgan, mebelsozlik hamda alyumin rom va eshik-derazalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Xorazm shams” MCHJ korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔍 Oʻrganish davomida:
Korxonaning bugungi kundagi ishlab chiqarish quvvati va faoliyat samaradorligi koʻzdan kechirildi;
Mahsulot turlarini koʻpaytirish hamda faoliyatni kengaytirish uchun kredit mablagʻlariga ehtiyoj borligi aniqlandi;
Deputat tomonidan korxona rahbarlariga kredit ajratish jarayonlarini tezlashtirish va imkoniyatlardan samarali foydalanish boʻyicha tegishli koʻrsatma hamda tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4