35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, ijtimoiy himoya, oilaviy munosabatlar, davlat xizmatlari, kadastr hamda boshqa huquqiy masalalarga oid murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat alohida tinglanib, fuqarolarga ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni imkon qadar joyida hal etish, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday sayyor qabullar fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 2