35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

3-BAND IJROSI: Turon mahallasida sport infratuzilmasi o‘rganildi

 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat D. Mardonova tomonidan Turon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida aholi va bolalar uchun mavjud sport inshootlari, shuningdek, 8-sonli umumta’lim maktabining sport zali, sport anjomlari va ularning jihozlanganlik holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida maktabda sport anjomlari yetishmasligi, mavjud jihozlarning ayrimlari esa yaroqsiz holatga kelgani aniqlandi.
📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda sport zalini zamonaviy anjomlar bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3