Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati A.Ismoilov tomonidan Qo‘ytosh ko‘li turizm obyektida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan infratuzilma obyektlari hamda qurilish jarayonining borishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas'ullar bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, turizm salohiyatini yanada oshirish hamda tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy qulayliklar yaratish masalalari muhokama qilindi.