📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Suvonqulov Sardor Qurbonali o‘g‘li Parvoz mahallasi hududida bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha yurib aholi bilan muloqot qildi.
❗️Uchrashuvlar davomida fuqarolarning kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi, obodonlashtirish hamda hududni yanada ko‘rkamlashtirishga oid taklif va murojaatlari tinglandi.
🔰Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
🤝 Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini joyida o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom etmoqda.