📍 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Abdurozikova Nasiba Alimovna “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Shironobod mahallasida joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
📖 Tashrif davomida maktabda yozgi ta’til davrida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan mashg‘ulotlar hamda to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✅ Tashrif davomida:
yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasi faoliyati ko‘zdan kechirildi;
sport, ijodiy va fan yo‘nalishidagi mashg‘ulotlarning tashkil etilishi o‘rganildi;
o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning qiziqishlari va takliflari tinglandi.
🔰 Deputat ta’lim muassasasida yozgi ta’tilni mazmunli va xavfsiz tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, bu boradagi faoliyatni izchil davom ettirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.