Fuqarolar murojaatlari asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
🏛 Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi 9-“Nurafshon” saylov okrugi deputati M.Toshmurodov tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini joyida aniqlash hamda hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
📌 O‘rganishlar davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan hamda turli masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, yashash hududidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Mazkur amaliy yordamlar fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni samarali hal etishga qaratilgan.