Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va belgilangan chora-tadbirlar aholi tomonidan ijobiy qarshi olindi. Ayniqsa, Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva tomonidan masalaning shaxsiy nazoratga olingani hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda amaliy ishlarga alohida e’tibor qaratilgani uchun fuqarolar o‘z minnatdorligini bildirishdi.
Fuqarolar ta’kidlaganidek, murojaatlarga befarq bo‘lmasdan, ularni joyiga chiqib o‘rganish va muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgani xalq bilan muloqotning amaliy ifodasidir.
Har bir murojaat — e’tiborda, har bir muammo — yechim sari. Aholi farovonligini ta’minlash va ularning ishonchini oqlash yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi.