35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDAGI ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA👇👇👇

Bugun erta tongda Minor mahallasida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari boshchiligida saf yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kommunal xizmatlar, mahalla yettiligi va tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.

🌿Yig‘ilish davomida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida belgilangan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tushuntirish ishlari olib borilib yig'ilishdan so'ng hududda o'rganish ishlari olib borilib mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.

➡️ Mahallalarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish yo‘lidagi ezgu ishlarimiz izchil davom etmoqda!

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3