35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

MAHALLADA "YETTILIK" FAOLIYATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva hamda bosh mutaxassis D.Berdiyarova tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida "Yangi O‘zbekiston" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

↖️ O'rganishda mahalla hokimi yordamchisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

📌 "Mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1