“Mahallalarda obodlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash yo‘lida”
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och saylov okrugi deputati K. Xashimova tashabusi bilan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amaliy ishlar amalga oshirildi.
Tadbirlar davomida mahalla hududida obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, aholi bilan yaqindan muloqot qilish hamda hududdagi mavjud masalalarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda fayz-u baraka, hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.