35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, ekspertlar hamda yoshlar maslahat guruhi a'zolari ishtirok etdi.

Sessiyada tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, Prezident qarorlari ijrosi, investitsiya, bandlik, kambag‘allikni qisqartirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi murojaatlari bilan ishlash, adliya, tabiiy gaz ta'minoti, mahalliy budjet hamda yoshlarga oid masalalar yuzasidan muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Har bir masala yuzasidan mas'ullarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan savol va takliflar bildirildi. Muhokamalar yakunida sessiya kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli Kengash qarorlari qabul qilinib, ularning ijrosini ta'minlash bo‘yicha mas'ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 10