Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini taqsimlash: Piskent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari K. Karimov tomonidan tumanimizdagi ayrim mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatlaridan kelib chiqib, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlarni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi VM-462-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Farmoni.
Jamg‘armadan mablag‘ ajratish to‘g‘risida: Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari K. Karimov tomonidan Piskent tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish haqidagi murojaat ko‘rib chiqildi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qarori va Prezidentning 2025-yil 31-yanvardagi PF-17-son Farmoni.
Doimiy komissiya yig‘ilishida mazkur masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw