35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🤝 HAMKORLIK UCHRASHUVI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari T.Yaqubov, M.Kariev, M.Nurjanova hamda Kengash kotibiyati hodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tumanda faoliyat olib borayotgan Shovot tumani FHDY bo‘limida bo‘ldilar.
🗂 Uchrashuv davomida Kengash va FHDY bo‘limi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Uchrashuv yakunida kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyati davom etmoqda!

Slide 1 of 3