Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“24 ta muhim masala” ijrosi yuzasidan ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "25-Xitoy" saylov okrugi deputati G‘.Ermatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan "Qaxat" mahalla fuqarolar yig‘inidagi Karvon, Chorvadorlar, Qardoshlar va So‘lim ko‘chalarining ichki yo‘llari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganishlar natijasida ushbu ko‘chalarning qariyb 3 kilometr qismi qum-shag‘alli yo‘l ekani aniqlandi. Mazkur holat, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida transport harakati va piyodalar uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

🛣 Hududdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash masalasi yuzasidan tegishli takliflar shakllantirilib, muammoni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 5