Adolat sotsial demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining 24-«Qatortol» saylov okrugi deputati D.O’ralova mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida oilalar bilan ishlash, ularga huquqiy va ma’naviy tushuntirishlar berish, oilaviy muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. Murojaat ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.