Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev, tuman Kengashi deputati A. Usmonov tomonidan Adas mahallasida mahalla xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimlar tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📌Shuningdek, xotin-qizlar faolligini oshirish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Uchrashuvda aholi murojaatlarini o‘rganish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1