Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT OILA POLIKLINIKASIDAGI MAVJUD HOLAT BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 13-Yangi O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati G‘.Abduraxmonov tomonidan hududdagi Qo‘qumboy 6-sonli oila poliklinikasi faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida muassasaning aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlari, tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiyot xodimlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

📋 Poliklinika rahbari Sh.Artikbekov hamda dori-darmonlar tarqatilishiga mas’ul R.Abduraxmonov tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, muassasada mavjud 140 turdagi dori vositalarining 120 turi bilan ta’minlangan bo‘lib, ular belgilangan tartibda tarqatish jurnallari orqali tegishli bo‘limlarga yetkazib berilmoqda.

Slide 1 of 3