Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 7-Sh.Rashidov saylov okrugi deputati U.Safarov o‘z saylov okrugi hududida joylashgan 12-son umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv binosida olib borilayotgan basalt qoplama ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, o‘quv binosiga o‘rnatilayotgan basalt qoplamasining sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda ishlarning loyiha talablari asosida amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi hamda ishlarni belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.