📌 Partiya va deputat hamkorligida bozorlardagi narx-navolar tahlil qilindi
🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Tinchlik saylov okrugi deputati D.Mirzayev hamda “O‘zLiDeP” Qamashi tuman Kengashi raisi o‘rinbosari K.Shodmonov tomonidan hududdagi bozorda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi hamda mavjudligi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish jarayonida savdo rastalaridagi mahsulotlar turi, narxlarning barqarorligi, aholining talab va ehtiyojlari hamda bozordagi ta’minot holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, tadbirkorlar va sotuvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash, narx-navoni asossiz oshirib yuborilishining oldini olish bo‘yicha fikr almashildi.