📌 Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Changak saylov okrugi deputati N.Nazarov tomonidan Changak oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 Tashrif davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, bemorlarga yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xizmatlarni yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🤝 Shuningdek, deputat tibbiyot xodimlari bilan uchrashib, sohada mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda aholiga yanada qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
📍O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish, tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda aholi salomatligini mustahkamlash yo‘nalishida tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.