Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F.Seydabdullayeva 2-son texnikumda hunarmandlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hunarmandlarning qo‘l mehnati bilan yaratilgan betakror mahsulotlari bilan yaqindan tanishildi. Milliy merosimizning ajralmas qismi bo‘lgan o‘zbek do‘ppido‘zlik san’ati namunalarini targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish borasida fikr almashildi.
Bunday tadbirlar xalqimizning boy madaniyati va an’analarini qo‘llab-quvvatlash, hunarmandlar mehnatini qadrlashda muhim ahamiyat kasb etadi.