Mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda Andijon MFY raisi A.Abdusalomovlar tomonidan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi doirasida Andijon mahallasidagi Jiydali va Vatan ko‘chalarining asfaltlashtirilishi rejalashtirilgan 1 kilometr qismida olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yo‘l qurilishidan oldingi tayyorgarlik ishlari, mavjud holat hamda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar bilan yaqindan tanishildi. Mas’ullar bilan suhbat davomida ishlarni sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.