Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev tomonidan Andijon mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, mahallada 5 nafar og‘ir toifadagi yoshlar ro‘yxatga olinib, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish maqsadida 3 nafar rahbar biriktirilgan. Shuningdek, yoshlarning iqtidori va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni sport va madaniy tadbirlarga keng jalb etish maqsadida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”da 1295 nafar yoshlarning ishtiroki ta’minlangan.

O‘rganish davomida mahallada 14 nafar ishsiz yosh mavjudligi, shundan 4 nafar yoshning o‘zini o‘zi band qilishi uchun subsidiya asosida SChR to‘lovlari amalga oshirilgani qayd etildi.

Slide 1 of 2