Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonidan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida “Ko‘kto‘nli” mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli Sh.Ulug‘tayeva va yoshlar yetakchisi Z.Sobirov faoliyatlari o‘rganildi.
🔺O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy va madaniy tadbirlar, sport va ta’lim sohasidagi tashabbuslar hamda yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi. Mahalla rivoji, yoshlar va ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, sport va madaniyat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔺Shu bilan birga, mahalla raisi A.Ergashov bilan mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi.