Yangiliklar

AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Nurillo Muxsimov tomonidan o‘z saylov okrugida aholini qiynab kelayotgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar muhokama qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlarni tashkil etish belgilab olindi.

Bunday o‘rganishlar aholining dolzarb muammolariga bevosita e’tibor qaratish, ularni joyida hal etish hamda mahalla darajasida samarali hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3