Yangiliklar

Aholi murojaatlari yechimi yo‘lida sayyor qabul

Aholi murojaatlari yechimi yo‘lida sayyor qabul


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Baxtiyor Bazarov, XDP shahar kengashi raisi J. Hamroyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirovlar “Yoshlik” mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdilar.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan turli yo‘nalishdagi murojaatlar, xususan, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik masalalari, ijtimoiy yordam va boshqa dolzarb muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Har bir murojaat mas’ullar tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan qabul fuqarolar uchun o‘z muammolarini bevosita mutasaddilarga yetkazish va ularga tezkor yechim topish imkonini berdi. Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, murakkabroq masalalar esa o‘rganish uchun tegishli idoralar nazoratiga olindi.

Tadbir davomida aholi bilan doimiy muloqotni kuchaytirish, muammolarni tizimli ravishda hal etish va mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida mas’ullar fuqarolar murojaatlari ochiq va shaffof tarzda ko‘rib chiqilishi, har bir murojaat albatta o‘z yechimini topishi ustuvor vazifa ekanini ta’kidladilar.

Slide 1 of 7