🔴O‘rganish davomida ijtimoiy himoyani mahalla darajasida samarali tashkil etish hamda xizmatlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔴Tashrif doirasida aholining og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish hamda ko‘makka muhtoj qatlamning ijtimoiylashuvini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔴Muloqot markazida ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘makning samaradorligini kafolatlash masalalari turdi.
🔴Deputat va markaz mutasaddilari hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgilab, tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan kelishib oldilar.
🔴Mazkur tizimli o‘rganishlar hududda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash va har bir muhtoj fuqaroga individual yondashuvni qaror toptirishga xizmat qiladi.