Yangiliklar

Maktabgacha ta’lim muassasasida deputat nazorati

🔴 O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda oshxonaning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlanish holati ko‘zdan kechirildi.

🔴Deputat tomonidan bolalarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularni sifatli va sog‘lom ovqatlanish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔴Shuningdek, bog‘cha hududida bolalar uchun xavfsiz muhit yaratilganligi va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔴Mazkur nazorat tadbiri kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol voyaga yetishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Slide 1 of 3