INSON QADRI UCHUN: MAHALLADA IJTIMOIY
HIMOYA VA MANZILLI KO‘MAK
Aholining ijtimoiy
ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga sifatli ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.
O‘rganish tafsilotlari
Xalq deputatlari Piskent
tuman Kengashidagi O‘zbekiston Ekologiya partiyasi deputatlik guruhi a’zosi,
9-Birlik saylov okrugi deputati Sh.Fayziyeva "Birlik" mahallasida
ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy nafaqalar va
moddiy yordam tayinlash jarayonlarining adolatliligini o‘rgandi.
Ijtimoiy ko‘mak natijalari:
O‘rganish davomida
mahalladagi kam ta’minlangan oilalar va ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilgan
amaliy yordamlar tahlil qilindi:
Uy-joy sharoitlarini yaxshilash: Mahalladagi 2
ta yolg‘iz va kam ta’minlangan oilaning yashash sharoiti yaxshilanib, uylari
to‘liq ta’mirlab berildi.
Oziq-ovqat ta’minoti: "Inson"
ijtimoiy xizmatlar markazi va homiylar ko‘magida shu kunga qadar 120 ta
xonadonga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Kambag‘allikni qisqartirish:
Bugungi kunda mahallada 100 ta kambag‘al oila ro‘yxatga olingan bo‘lib,
ijtimoiy xodim tomonidan ularni ijtimoiy himoya qilish va nafaqalar tayinlash
ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/