Yangiliklar

Sport va sog‘lom turmush tarziga e’tibor — kelajak poydevori!

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi 2026-yil 24-martdagi OʻRQ-1123-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Jumaniyazovlar tomonidan J.Manguberdi mahallasi hududida joylashgan “Xorazm il-ziyo” xususiy maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish davomida maktabning sport zallari, sport anjomlari holati hamda yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sport infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Sog‘lom avlod — yurt kelajagi! 

Slide 1 of 6