Yangiliklar

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mehnat faxriysi holidan xabar olindi 🎖

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush yillarida mamlakat ichkarisida mehnat qilib, front ortida fidokorona xizmat qilgan Mubar Baymirzayevaning xonadoniga tashrif buyurildi 🤝

Tashrif davomida mehnat faxriysining holidan xabar olinib, bayram tabrigi va ezgu tilaklar yetkazildi 💐. Shuningdek, u kishining uzoq yillik mehnati, sabr-matonati hamda yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi ✨.

Mazkur tashrifda xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati B. Xudoyarov ham ishtirok etib, faxriyni Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etdi .

Faxriy avlod vakillariga hurmat va e’tibor ko‘rsatish, ularning hayot yo‘li va ibratli faoliyatini qadrlash — bugungi tinch va osoyishta hayotimizning muhim qadriyatlaridan biridir 🕊.

Slide 1 of 1