Mazkur ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi jamiyatda ibratli oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy va oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish hamda mustahkam va namunali oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Ushbu tadbirda xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova ham komissiya a'zosi sifatida ishtirok etib, qatnashchilar bilan muloqot qildi. Tadbir davomida oilalarda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xotin-qizlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan namunali oilalarning hayot yo‘li va ibratli faoliyati alohida e’tirof etildi.