"Oʻrmonchi" mahallasida obodonlashtirish ishlari qizgʻin pallada
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Keldibekova boshchiligida "Oʻrmonchi" mahalla fuqarolar yigʻinida keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbir davomida mahalla hududidagi ariq-zovurlar tozalanib, daraxtlarga shakl berilmoqda hamda yoʻl chetlari tartibga keltirilmoqda.
Deputat tashabbusi bilan mahalladagi "Yashil makon" loyihasi doirasida yangi koʻchatlar ekish va hududning ekologik holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
"Maqsadimiz — mahallamizni yanada obod, koʻngilochar va ozoda maskanga aylantirish," — deya ta’kidladi deputat ish jarayonida.