Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqotda

O‘zbekiston XDP Sherobod tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Sherobod tuman kengashining 6-Navbur-Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov “Dehqonariq” mahallasida faol fuqarolar, mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni hal etish, infratuzilmani yaxshilash va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

📝 Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

Shuningdek, deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

📣 Ochiq muloqot va samimiy suhbatlar aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning yechimiga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4