Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o’z vaqtida hal etish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida Azizon mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi choraklik faoliyati ko’rib chiqildi.
14-O’zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho’liyeva ishtirokida Azizon mahallasida choraklik hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda mahalla raisi, ijtimoiy xodim, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va inspektorning ma'lumotlari tinglandi.
Muhokama doirasida aholi muammolarini hal etish,
bandlikni ta'minlash, ijtimoiy himoya, xavfsizlik va rivojlanish bo'yicha
amalga oshirilgan ishlar ko'rib chiqilib, deputat tomonidan kamchiliklarni
bartaraf etish uchun tavsiyalar berildi.
Mahallada amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o’z vaqtida hal etish va ijtimoiy
himoyani kuchaytirish maqsadida mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi
choraklik hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda 17-Bog’isaidon saylov okrugi
deputat H.Aslonov ishtirok etib, Bog’iturkon mahalla xodimlari tomonidan amalga
oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi va atroflicha muhokama
qilindi.
Yig’ilishda, avvalo, mahalla raisi tomonidan hududda
amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, obodonlashtirish va
ijtimoiy masalalarni hal etish borasidagi faoliyat yuzasidan hisobot taqdim
etildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni
qo’llab-quvvatlash, moddiy yordam ko’rsatish, kam ta’minlangan aholi qatlami
bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Yoshlar yetakchisi o’z
chiqishida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo’naltirish,
bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va turli tadbirlarga jalb qilish
borasida amalga oshirilgan ishlar haqida to’xtalib o’tdi. Hokim yordamchisi esa
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va
aholi daromadlarini oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan
hisobot berdi.
Xotin-qizlar faoli tomonidan
ayollarni qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga
muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish
bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yoritildi. Shuningdek, mahalla inspektori
tomonidan hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini
ta’minlash va profilaktika ishlarining holati yuzasidan axborot berildi.
Deputat tomonidan har bir
hisobot yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf
etish, ish samaradorligini yanada oshirish bo’yicha tegishli tavsiya va
ko’rsatmalar berildi. Yig’ilish yakunida mahallada olib borilayotgan ishlar
tizimli davom ettirilishi va aholi manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa
ekanligi alohida ta’kidlandi.