Jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning sabab hamda omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputat hamda huquqiy maslahat byurosi ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi.
Attaron mahalla fuqarolar yig’ini hududida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning sabab hamda omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva hamda huquqiy maslahat byurosi M.Fatullayev Attaron MFY profilaktika inspektori ishtirokida keng muhokama qilinib, atroflicha tahlil qilindi.
Tadbir davomida mahalla profilaktika inspektori
tomonidan hududdagi kriminogen vaziyat yuzasidan batafsil hisobot taqdim
etildi. Unda o’tgan davr mobaynida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahlili,
ularning kelib chiqish sabablari, jinoyatchilikka moyil shaxslar bilan olib
borilayotgan yakka tartibdagi profilaktik ishlar, shuningdek, nazorat
ro’yxatlarida turuvchi fuqarolar bilan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
haqida to’liq ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning
oldini olish, ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy
tadbirlarga jalb qilish, xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy muammolarni barvaqt
aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham alohida
ta’kidlandi. Mahalladagi oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga
muhtoj qatlamlar holidan xabar olish va ularni qo’llab-quvvatlash orqali
jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan choralar haqida ham so’z yuritildi.
Deputat tomonidan bildirilgan
fikr-mulohazalarda profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish, aholi bilan
doimiy muloqotni yo’lga qo’yish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish,
ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida tushuntirish ishlarini tizimli
ravishda olib borish muhimligi qayd etildi. Shu bilan birga, huquqni muhofaza
qiluvchi organlar, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar o’rtasida
hamkorlikni mustahkamlash orqali samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Mahallada profilaktika
tadbirlarini yanada kuchaytirish, tungi nazorat ishlarini samarali tashkil
etish, aholi orasida huquqiy targ’ibot ishlarini kengaytirish bo’yicha
vazifalar belgilab olindi.