Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

 Xalq
deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati Nazira Raxmanova tuman Kengashi kotibiyati
mutasaddilari bilan hamkorlikda “Oybuloq” MFY hududida o‘rganish ishlarini amalga
oshirdi.
 

Mazkur
o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan davlat siyosati ijrosini tahlil qilish, amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligini baholash hamda mavjud muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.
 

O‘rganish
jarayonida, avvalo, mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati Vazirlar Mahkamasining
145-sonli qarori talablari asosida atroflicha ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, “Ayollar
daftari”ning yettinchi bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,
ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi
tahlil markazida bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, ularning
natijadorligi va aholining ehtiyojlariga mosligi yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.
 

Shuningdek,
o‘rganishlar doirasida mahalla xotin-qizlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Samimiy va erkin ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiynayotgan muammolar,
taklif va tashabbuslarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi. Deputat Nazira Raxmanova
bildirilgan fikr va murojaatlarni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish yuzasidan
manzilli yondashuv zarurligini ta’kidladi.
 

O‘rganish
yakunida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan
ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda ularni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini
kuchaytirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
 

Ta’kidlanganidek,
bu kabi amaliy o‘rganishlar joylarda xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularni
qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 2